08:19 / 17.12.2020
5111

11 oyda O‘zbekistonga 5,44 mlrd dollar jo‘natildi

Joriy yil yanvar-noyabr oylari davomida respublikaga kelib tushgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 5,44 mlrd dollarni tashkil etdi.

Markaziy bank tomonidan e'lon qilingan ma'lumotda aytilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 85 mln dollarga yoki 2 foizga kamaydi.

Chet elga yuborilgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari miqdori 1,08 mlrd dollarga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 119 mln doll. yoki 12 foizga oshdi.

Natijada, transchegaraviy pul o‘tkazmalari bo‘yicha ijobiy saldo 4,36 mlrd dollarga yetdi, deyiladi xabarda.

Top