08:30 / 17.12.2020
2076
Alfraganus savdo markazi hududidagi tayyor ijara biznesi

Alfraganus Academy: «Tadbirkorlarga – ijarachi, ijarachilarga Alfraganus savdo-ko‘ngilochar mavzesi hududidan bizneslari uchun mos joy topib beramiz».

Alfraganus Academy – bu poytaxtdagi tijorat ko‘chmas mulki sohasida butunlay yangi yo‘nalish bo‘lib, u tijorat binolarini qidirish, sotib olish va ijaraga berish bilan bog‘liq barcha tashkiliy va huquqiy masalalarni hal qiladi. Kompaniyaning mahalliy va chet ellik mutaxassislari har qanday tayyor bino egasi uchun ijarachini topadilar. Shu bilan birga, savdo maydoni hududida tadbirkorlarning biznesi barqaror daromad keltirishini ta'minlaydi.

Shuningdek, kompaniya savdo mavzesida savdo maydonini ijaraga olmoqchi bo‘lgan tadbirkorlar uchun yuqori daromadli binolarni tanlashda yordamlashadi.

Alfraganus – bu O‘zbekiston uchun tijorat ko‘chmas mulkning mutlaqo yangi formati bo‘lib, u poytaxtning Mirobod tumanida joylashadigan ochiq osmon ostidagi savdo va ko‘ngil ochish maydoni hisoblanadi. 230.000 kvadrat metrdan ortiq maydonda bir va ikki qavatli 18 ta bino bunyod etiladi. Ularda maydoni 39 dan 2867 kvadrat metrgacha bo‘lgan 534 ta bino joylashadi.

Loyiha binolari tashrif buyuruvchilarga qulay bo‘lishi uchun bir necha zonalarga bo‘lingan: kafe va restoranlar, kiyim-kechak va poyabzal, kichik va katta jihozlar zonasi, bolalar mahsulotlari, uy jihozlari va aksessuarlar, shuningdek, bouling, kvest xona yoki kinoteatr joylashadigan ko‘ngilochar maydon.

Shuningdek, Alfraganus savdo mavzesi hududida Mediapark maishiy texnika do‘koni va ikki qavatli EcoBozor supermarketi bunyod etiladi. Loyihaning butun perimetri bo‘ylab aylana avtoturargoh loyihalangan. Bu sizga mavzening istalgan nuqtasiga oson kirish imkoniyatini beradi.

Loyiha binolarining butunlay boshqacha uslubdagi va har qanday didga mos keluvchi tashqi fasadi alohida e'tiborga loyiqdir. Panorama oynali fasadlar, traverten suvoq bilan bezatilgan fasadlar, fibrobetondan qilingan yoki g‘ishtli bezak va boshqa turdagi fasad bezaklari sizni befarq qoldirmaydi.

Tez kunlarda sotuv bo‘limi barcha uchun o‘z eshiklarini ochadi. Quyidagi raqamlarga qo‘ng‘iroq qilib loyiha haqida batafsil ma'lumotlarni olishingiz yoki ijarachilar bazasidan o‘rin olishingiz mumkin: +998 71 210 44 44

Sayt: bizninguylar.uz

Telegram: t.me/alfraganus_tashkent

Facebook: fb.com/alfraganus.tashkent

Instagram: @alfraganus.uz

Reklama huquqi asosida

Top