09:08 / 17.12.2020
6561

Andijonda o‘g‘lini 5200 dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

2020 yilning 12 dekabr kuni Andijon viloyati IIB hamda DXX Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Foto: Tergov departamenti

Tadbir davomida Jalaquduq tumani Tuyalas MFYda yashovchi 20 yoshli D.K. o‘zining 2020 yil 15 avgust kuni tug‘ilgan o‘g‘lini Bozorboshi MFY ko‘chasida joylashgan “Gap” kafesida xaridor sifatida jalb qilingan fuqaroga kimyoviy ishlov berilgan 5200 AQSh dollari evaziga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tezkor tadbir davomida D.K.dan kimyoviy ishlov berilgan 5200 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘lari ashyoviy dalil sifatida xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jalaquduq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan D.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va u gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, so‘roq qilingan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov olib borilmoqda.

Top