21:08 / 17.12.2020
10387

AQShning eng boy oilalari reytingi e'lon qilindi

Walmart aksiyalarining yarmiga egalik qiluvchi Uoltonlarning boyligi 247 milliard dollar deb baholanmoqda.

Foto: Nicholas Kamm | AFP | Getty Images

Walmart tarmog‘i asoschisining merosxo‘rlari bo‘lgan Uoltonlar oilasi AQShning eng boy oilasi deb topildi. Forbes jurnali e'lon qilgan reytingdan o‘rin olgan 50 oilaning umumiy boyligi 1,2 trillion dollarga teng.

Walmart aksiyalarining yarmiga egalik qiluvchi Uoltonlarning boyligi 247 milliard dollar deb baholanmoqda. Korporatsiya asoschisi Sem Uoltonning uch farzandi — Elis, Jim va Rob dunyoning eng boy biznesmenlari yigirmataligidan o‘rin olgan.

Reytingning ikkinchi pog‘onasidan boyligi 100 milliard dollar bo‘lgan Koxlar oilasi joy oldi. Ular savdo, infestitsiya, neftni qayta ishlash, kimyo sanoati, sun'iy tola va plastmassa ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan Koch Industries kompaniyasining 84 foiz aksiyasiga egalik qiladi.

Uchinchi o‘ringa Marslar oilasi joylashdi. Oziq-ovqat mahsulotlari va shokoladlar ishlab chiqaruvchi kompaniya egalarining umumiy boyligi 94 milliard dollar deb baholandi.

Avvalroq dunyodagi milliarderlarning boyligi bir yil ichida deyarli 2 trillion dollarga ko‘paygani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top