10:10 / 17.12.2020
5196

Ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasalariga o‘quvchilarni qabul qilish tartibiga o‘zgarishlar kiritildi

“Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat umumta'lim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflariga, davlat ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasalariga o‘quvchilar qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi. 

Xalq ta'lim vazirligi xabariga ko‘ra, ixtisoslashtirilgan umumta'lim maktablariga o‘quvchilar 5-sinfdan (avval 2-sinfdan), maktab-internatlarga 7-sinfdan (avval 5-sinfdan) qabul qilinadi.

Ixtisoslashtirilgan sinflarga hujjatlar har yili 1–30 iyun kunlari (avval 1-30 iyul) qabul qilinadi. O‘quvchilardan talab etiladigan hujjatlar soni 5 tadan 3 taga qisqartirildi;

Ixtisoslashgan maktablarga saralash tanlovlari endilikda Davlat test markazi tomonidan (avval maktab komissiyasi) o‘tkaziladigan bo‘ldi. Saralash natijalariga ko‘ra ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasalariga ballar ketma-ketligi bo‘yicha (avval 70 foizdan yuqori bo‘lsa) belgilangan kvotaga muvofiq qabul qilinadi.

Top