08:02 / 17.12.2020
2052
O‘zbekistonga 10 oyda 22,4 ming tonna mandarin import qilingani ma'lum bo‘ldi

Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistonga 10 oyda qancha sitrus mevalar import qilingani haqidagi ma'lumotlarni taqdim etdi.

Foto: Getty Images

2020 yilning 10 oyida O‘zbekistonga xorijiy davlatlardan import qilingan sitrus mevalar:

  • banan – 17,6 mln. AQSh dollariga teng 26,5 ming tonna;
  • avokado – 21,6 ming AQSh dollariga teng 30,2 tonna;
  • ananas – 258,1 ming AQSh dollariga teng 382,4 tonna;
  • mandarin – 3,5 mln. AQSh dollariga teng 22,4 ming tonna;
  • apelsin – 1,7 mln. AQSh dollariga teng 2,7 ming tonna.

Qo‘mita xabarida aytilishicha, 2020 yilning 11 va 12 oyi yakunlari bo‘yicha mazkur mevalarning importiga oid alohida yangiliklar berilishi rejalashtirilgan.

Top