16:04 / 17.12.2020
11005
Tailandda xavfli virus tarqaldi

Virus yuqtirganlarda tana haroratining ko‘tarilishi, holsizlik va bo‘g‘imlarda og‘riq kuzatilmoqda.

Foto: AFP

Tailandning Pattayya shahrida chikungunya virusi chaqiradigan kasallikka chalinish holatlari keskin ko‘paydi. Bu haqda The Thaiger yozmoqda.

Nashrning xabar berishicha, infeksiya tashuvchi chivinlar orqali tarqalgan. Virus yuqtirganlarda tana haroratining ko‘tarilishi, holsizlik va bo‘g‘imlarda og‘riq kuzatilmoqda.

Mahalliy mer Sontxaya Kxunplyuyem sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga vaziyatni nazoratga olishni buyurgan. Bundan tashqari, hokimiyat chivinlarga qarshi kurashuvchi tashkilotlarga yordam so‘rab murojaat qilgan hamda turg‘un suv havzalarini – mehmonxona va korxonalardagi fontanlar sonini kamaytirishni so‘ragan. 

«Mahalliy aholi chikungunya bezgagi to‘g‘risida hamda undan qanday saqlanish borasida xabardor qilindi. Ularga chivinlar ko‘payishi uchun qulay sharoit mavjud bo‘lgan suv manbalariga yaqinlashmaslik tavsiya qilindi», — deyiladi xabarda.

Top