21:26 / 18.12.2020
16732
Guljahon Yo‘ldosheva ishi. Moliyaviy ayblovlar bo‘yicha sudlanuvchilar ko‘rsatmalari tinglandi

17 dekabr kuni Toshkent viloyati bosh infeksionisti ishi yuzasidan sudning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Guljahon Yo‘ldosheva va boshqa sudlanuvchilarning budjet mablag‘larini talon-taroj qilinishiga doir ayblovlar yuzasidan ko‘rsatmalari tinglandi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi.

Guljahon Yo‘ldosheva sudda davlat budjetidan ajratilgan pul mablag‘lari nimalarga sarflangani, mukofot pullari shifokorlarga nima uchun va qancha miqdorda berilganiga tushuntirish berdi.

Karantin davrida shifoxonaga tegishli bo‘lgan kompyuter, printer va planshetni Yo‘ldosheva uyiga olib borib ishlatgani holati ham ayblov epizodlaridan joy olgan bo‘lib, Yo‘ldosheva bu holatni ushbu buyumlarni faqatgina karantin davridagina uyiga olib borgani va shifoxona ishlari bilan bog‘liq holatlarda undan foydalangani, keyinchalik kompyuter, printer va planshetlarni shifoxonaga qaytarib olib kelgani, ularga hech qanday zarar yetmagani bilan izohladi.

Sud majlisida sudlanuvchilar Alisher Dadamatov va Jannat Hakimovalarning ham ko‘rsatmalari tinglandi.

Sud majlisi tafsilotlari bilan batafsil Kun.uz'ning YouTube'dagi kanaliga joylangan videoreportajlar orqali tanishib borishingiz mumkin.

Sud ishi 21 dekabr kuni soat 11:00ga qadar tanaffus e'lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalgi sud majlisida Guljahon Yo‘ldosheva koronavirusga chalingan bemor (marhum) Rustamovning boshqa shifoxonaga ko‘chirilishiga doir vaziyat bo‘yicha ko‘rsatma berib, ayblovlarni rad etgan edi.

Top