12:30 / 18.12.2020
8072
Reklama

Infinity'ga sarmoya – kelajakka sarmoya!

Ko‘chmas mulk eng ishonchli va manfaatli investitsion mahsulotlardan biri bo‘lib qolmoqda. O‘sib borayotgan inflatsiya sharoitida foydali va xavfsiz investitsiya masalasi ko‘plab tadbirkorlarni doim o‘ylantirib keladi.

Golden House o‘zining yuqori rentabellik va yorqin istiqbolga ega premium toifasidagi yangi loyihasi Infinity'ni taqdim etdi. Bu loyiha poytaxt markazining nihoyatda qulay qismida joylashganligi, qulay transport tizimiga egaligi va infratuzilma obektlariga boy ekanligi bilan ajralib turadi.

Infinity bu Toshkentning qoq markazida yangi diqqatga sazovor joylardan biriga aylanishga loyiq bo‘lgan loyiha. Majmuaning turar joy maydoni beshta noyob binodan tashkil topgan bo‘lib, ularning har biri olam unsurlarining timsoli bo‘lib xizmat qiladi: olov, suv, tuproq, havo va ruh. Bu premium toifasidagi turli qavatli zamonaviy binolar mayinlik, soflik va cheksizlikni o‘zida mujassam etgan.

Infinity har bir insonning ko‘nglidan o‘zgacha joy oladi va beshta turar joy korpuslarida ko‘plab turdagi tarhlarni taqdim etadi. Premium toifasidagi apartamentlar sizga quvonch bag‘ishlasa, rivojlangan infratuzilma obektlari o‘z domiga tortadi. Avval ko‘p kuch va vaqt talab qilgan ish va joylar – do‘konga borishdan tortib farzandingizni bog‘chaga olib borishgacha, hammasi piyoda yurish masofasida joylashgan.

Binolarning birinchi qavatlarida shinam qahvaxonalar, ochiq havodagi yozgi ayvonlari bor g‘aroyib restoranlar, yangi formatdagi brend do‘konlari, kosmetika va attorlik mahsulotlari butiklari, dorixona va elektronika do‘konlari joylashadi. Zamonaviy majmuani savdo markazisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, shu bois majmua hududida 52000 m² maydonni egallaydigan alohida savdo-ko‘ngilochar markazi qurilishi ko‘zda tutilgan. SKM butun O‘zbekiston aholisi va mehmonlarini o‘ziga jalb qiluvchi ajoyib maskanga aylanadi.

Nima uchun aynan hozir innovatsion Infinity'da xonadon xarid qilish shunchalik manfaatli? Ko‘chmas mulkka sarmoya kiritishning xalqaro tajribasi ko‘rsatib turibdiki, kotlovan bosqichida xonadon xarid qilish eng foydali sarmoya bo‘ladi. Apartamentlar narxi har bir keyingi qavat qurilishi bilan o‘sib boradi va binoning to‘liq tayyor bo‘lishi vaqtida siz xarid qilgan xonadonning narxi ikki barobargacha ko‘tarilishi mumkin. Har jihatdan puxta o‘ylangan, o‘zida barcha zamonaviy texnologiyalarni mujassam qilgan Infinity'dan jozibaliroq turar joy majmuasini tasavvur qilish qiyin. Aynan shuning uchun sizning bugungi sarmoyangiz yaqin kelajakda manfaatli sotish mumkin bo‘lgan mulkka aylanadi.

E'tiborli jihati, majmuaning qurilayotgan korpuslaridagi apartamentlarga 1 yanvargacha maxsus narxlar amal qilmoqda. Qolgan 10 kun davomida eng qulay narxlarda xonadonlarni bronlash mumkin, undan so‘ng esa narxlar sezilarli darajada ortishi kutilmoqda. Ayni damda Golden House loyihalarida xonadon xaridorlari uchun noyob aksiyalar ketmoqda va qulay xarid shartlari taqdim etilmoqda. Bundan tashqari, Yangi yil munosabati bilan, 31 dekabrga qadar xonadon xarid qilgan mijozlarga yoqimli sovg‘alar ham tuhfa etilmoqda.

Golden House savdo ofislariga tashrif buyuring, bayram muhitidan zavq oling va manfaatli kelishuvlarni amalga oshiring! Loyihalar haqida batafsil ma'lumot olish va savdo ofislarida uchrashuv belgilash uchun telefon raqami: +998 78 150-11-11

Golden House markaziy savdo ofisi: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Osiyo ko‘chasi, 3-uy.

Sayt: gh.uz

Facebook: fb.com/goldenhouseuz

Instagram: @goldenhouseuz

Telegram: t.me/goldenhouseuz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top