15:54 / 18.12.2020
46196
O‘zbekistonga sovuq va nam havo oqimi kirib kelishi kutilyapti

Bugun dekabr oyi nihoyat O‘zbekiston aholisini qisqa muddatli, ammo uzoq kutilgan iliq havo bilan xursand qildi. Respublikaning barcha hududlarida asosan quyoshli ob-havo kuzatildi. Kun o‘rtasida havo 5-10 daraja iliq, janubda ba'zi joylarda 13 daraja iliq bo‘ldi. Iliq havo ba'zi joylarda shamolning kuchayishi bilan kuzatiladi.

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, iliq va asosan quyoshli ob-havo O‘zbekistonning tog‘li hududlarida ham saqlanib turdi, tog‘larda harorat 0-5 daraja iliq atrofida bo‘ldi.

Dam olish kunlari esa Rossiyaning janubiy hududlaridan sovuq va nam havo massalari kirib kelishi O‘zbekiston bo‘ylab ob-havoning yomonlashishiga sabab bo‘ladi. Respublika shimolida qor ko‘rinishidagi biroz yog‘ingarchilik jumladan shanba kuniga o‘tar kechasi boshlanadi. Barcha joylarda yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik qorga aylanishi bilan kuzatiladi. Ba'zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Faqat sharqda (Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari) shanba kuni kun davomida havo bulutli, lekin quruq bo‘lishi kutilmoqda.

Yakshanba kuni g‘arbiy hududlarda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik kunning ikkinchi yarmigacha davom etadi. Faqat janubda va Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kun davomida davom etadi.

Havo harorati yakshanba kuniga 2 daraja sovuq - 3 daraja iliq qiymatlarigacha pasayadi.

Top