21:46 / 18.12.2020
8612
Pentagon rahbari Baydenning o‘tish jamoasi bilan hamkorlikni to‘xtatishga buyruq berdi

Ta'kidlanishicha, Tramp ma'muriyati vakillari bayramdan so‘ng hamkorlikni tiklash imkoniyatini ochiq qoldirishgan.

Kris Miller / Foto: Defense.gov via AP

AQSh mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Kris Miller AQShning saylangan prezidenti Jozef Baydenning o‘tish jamoasi bilan hamkorlikni to‘xtatish va bo‘lajak ma'muriyat bilan o‘tkazilishi rejalashtirilgan barcha uchrashuvlarni bekor qilishni buyurdi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Axios portali xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, vazirlik xodimlari Millerning qaroridan “shokka tushgan”.

Ular Miller nima uchun bunday qarorga kelganini va amaldagi prezident Donald Tramp buni ma'qullaganmi-yo‘qmi, bilishmaydi. Bundan tashqari, Bayden jamoasi rahbari mazkur buyruq haqida bilmagan.

Ta'kidlanishicha, Tramp ma'muriyati vakillari bayramdan so‘ng hamkorlikni tiklash imkoniyatini ochiq qoldirishgan.

Portalning yozishicha, Millerning bu harakati Tramp ma'muriyati tomonidan Bayden jamoasiga nisbatan bildirilgan eng ulkan nafrat va ishonchsizlikdir.

 

Top