10:33 / 18.12.2020
10099

Qamchiq dovonida kuchli qor yog‘ishi kutilmoqda

2020 yil 19-20 dekabrda Qamchiq dovonida kuchli qor yog‘ishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.

Qayd etilishicha, 19-20 dekabr kunlari A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni qismida qor, vaqti-vaqti bilan kuchli qor yog‘ishi kutilmoqda.

Xabarda aytilishicha, dovonda tuman tushib, ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi, shamol tezligi sekundiga 17-22 metr, birdan 25-27 metrgacha kuchayishi mumkin. 

Yo‘lda qor uyumlari, yaxmalak hosil bo‘lishi kutilmoqda, deyiladi ma'lumotda.

Mavzuga oid
Top