16:22 / 18.12.2020
5335

Tojikiston prezidenti MDHda taqiqlangan terrorchilik tashkilotlari umumiy ro‘yxatini tuzish taklifi bilan chiqdi

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon MDHga a'zo davlatlar hududida taqiqlangan terroristik tashkilotlarning yagona ro‘yxati tuzishni taklif qildi.

Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati

«Men MDH doirasida MDHga a'zo davlatlar hududida taqiqlangan terroristik va ekstremistik tashkilotlarning yagona ro‘yxati tuzishni dolzarb masala, deb hisoblayman», - dedi Rahmon juma kuni Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) davlat rahbarlari kengashining videokonferensiya orqali bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida.

Rahmon MDH Terrorchilikka qarshi kurashish markaziga ixtisoslashgan kengashlar bilan birgalikda bunday ro‘yxatni shakllantirish bo‘yicha ishlarni boshlash haqida topshiriq berishni taklif qildi.

Mavzuga oid
Top