21:24 / 19.12.2020
1681
Germaniya Pfizer vaksinasidan qo‘shimcha 30 mln doza sotib olmoqchi

Bundan tashqari, Germaniya Moderna kompaniyasidan yana 50,5 mln doza vaksina sotib oladi. Mamlakat shuningdek, AstraZeneca, CureVac va Johnson & Johnson kompaniyalaridan o‘n millionlab dozada vaksina sotib olishni rejalashtirgan.

Foto: VCG

Germaniya Pfizer va Biontech kompaniyalarining koronavirusga qarshi vaksinasidan qo‘shimcha 30 mln doza sotib olishni rejalashtirdi. Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda.

Germaniya avvalroq Yevroittifoq yo‘nalishi bo‘yicha 55,8 mln doza vaksina olishni kafolatlagandi, endilikda mamlakat 85,8 mln doza vaksinaga ega bo‘ladi.

Bundan tashqari, Germaniya Moderna kompaniyasidan yana 50,5 mln doza vaksina sotib oladi.

Mamlakat shuningdek, AstraZeneca, CureVac va Johnson & Johnson kompaniyalaridan o‘n millionlab dozada vaksina sotib olishni rejalashtirgan.

Germaniyada 27 dekabrdan aholini koronavirusga qarshi emlash kampaniyasi boshlanadi.

Avvalroq JSST kambag‘al mamlakatlar 2024 yilgacha vaksinaga ega bo‘lmasligi mumkinligini ma'lum qilgandi

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top