01:12 / 19.12.2020
6510
«O‘zbekiston 2030 yilda ta'lim sifati bo‘yicha TOP-30talikka kirishi kerak» – Sherzod Shermatov

Xalq ta'limi vaziri bunga erishish uchun uchta muhim omilni sanadi.

Foto: Xalq ta'limi vazirligi

O‘zbekiston 2030 yilda ta'lim sifati bo‘yicha TOP-30 mamlakatlari qatoriga kirishiga erishishimiz kerak, dedi xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov.

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, Shermatov Toshkent yoshlar forumidagi chiqishida shu haqda aytib o‘tgan.

«2030 yilgacha O‘zbekiston ta'lim berish sifati bo‘yicha jahondagi TOP-30 mamlakatlari qatoriga kirishi vazifasi ko‘zda tutilgan. Bunga qanday erishish mumkin?

Eng avvalo, maktablardagi shart-sharoitlarni yanada yaxshilash kerak. Bir necha yillar oldin maktablardagi sharoitlar juda achinarli edi. Hattoki poytaxt maktablari sharoiti maqtagulik emasdi. Bu bo‘yicha qiladigan ishlarimiz ancha.

Ikkinchidan, o‘qituvchilarni jamoaviy ishlar va ortiqcha qog‘ozbozliklardan xalos etish zarur. O‘qituvchilar malakasi sekin-astalik bilan oshib boryapti. Onlayn platformalarda dars o‘tishyapti, yangi bilimlarni egallashmoqda.

Ota-onalarning ta'limga bo‘lgan munosabati ham o‘zgardi. Farzandi kelajagi uchun ta'limda bo‘layotgan islohotlarga qiziqish bildiryapti. Lekin umuman olganda, jamiyatda ta'limga nisbatan munosabat o‘zgarishi kerak. Yoshlarning o‘zi o‘zgarmasa, bilim olishga ishtiyoqi bo‘lmasa, maqsadlarga erishishimiz qiyinlashadi», – dedi Sherzod Shermatov.

Top