08:52 / 19.12.2020
3629

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi qariyb 5 mlrd dollarga kamaydi

2020 yilning yanvar-noyabr oylari yakuni bo‘yicha respublikaning tashqi savdo aylanmasi 32,9 mlrd AQSh dollarini tashkil etib, 2019 yilning mos davriga nisbatan 4,8 mlrd AQSh dollariga yoki 12,9 foizga kamaydi.

Foto: Shutterstock

Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 14,1 mlrd AQSh dollariga (10,5 foizga kamaydi) va import hajmi 18,7 mlrd AQSh dollariga (14,7 foizga kamaydi) yetdi. Hisobot davrida 4,5 mlrd AQSh dollari qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etildi.

Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 20ta yirik hamkor davlatlar orasidan beshta davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Afg‘oniston (691,9 mln AQSh dollari), Qirg‘iziston (555,1 mln AQSh dollari), Tojikiston (276,6 mln AQSh dollari) va Eron (33,8 mln AQSh dollari) shular jumlasidan. Qolgan 16ta davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.

Mavzuga oid
Top