08:11 / 19.12.2020
5007
So‘m va xorijiy valutalarni qalbakilashtirgan shaxs ushlandi

2020 yil 13 dekabr kuni Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida ichki ishlar bo‘limi va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Muzrabot tumanida yashovchi T.B. shu kuni taxminan soat 11:00larda “Istara” dehqon bozoriga oziq-ovqat mahsulotlari sotib olish maqsadida kelib, 9 dona 50 000 so‘mlik, 9 dona 100 000 so‘mlik kupyuradagi jami 1 350 000 so‘m miqdoridagi qalbaki pullarni muomalaga kiritayotgan vaqtida ushlangan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borish davomida, T.B.ning uyidan 125 dona 100 000 so‘mlik, 64 dona 50 000 so‘mlik kupyuradagi jami 15 700 000 qalbaki so‘m va 9 dona 1000 rubl, 1 dona 2000 rubl va 8 dona 100 rubl kupyuradagi jami 11 800 qalbaki Rossiya rubllari hamda 1 dona “EPSON” rangli printeri, 1 dona “LG” videotizimi, 1 dona modem, 1 dona “VESTA” televizori, 1 dona “DEFENDER” klaviaturasi olingan.

Viloyat ekspert-kriminalistika bo‘limining 2020 yil 15 dekabr kunidagi texnik-kriminalistik ekspertiza xulosasiga ko‘ra, pullar kompyuter texnikasi qo‘llanilib, rangli printer yordamida tayyorlangan. 16 dekabr kuni T.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Top