08:36 / 19.12.2020
8250
Tergov departamenti tizimida yangi tayinlov amalga oshirildi 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti tizimida yangi tayinlov amalga oshirildi. Bu haqda Tergov departamentining o‘zi xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, mayor Shahbozbek Yasharov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Sh. Yasharov Tergov departamenti jinoyatlarini tergov qilish boshqarmasi Axborot texnologiyalari bilan bog‘liq jinoyatlarini tergov qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Top