22:28 / 19.12.2020
4660

Tramp AQShga qilingan hakerlik hujumi ortida Xitoy turgan bo‘lishi mumkinligini aytdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika kompyuter tizimlariga uyushtirilgan hakerlik hujumi ortida Xitoy turgan bo‘lishi mumkinligini aytdi.

Foto: AP Photo/Evan Vucci

"Hakerlik hujumi yolg‘onchi OAV xabarlarida aslidagidan ancha bo‘rttirib ko‘rsatilmoqda. Men bundan to‘liq xabardorman va barchasi nazorat ostida", - deb yozdi u o‘zining Twitter sahifasida.

 Tramp qator OAVning hujum ortida Rossiyaga ishlaydigan hakerlar guruhi turganligi to‘g‘risidagi xabarlarga qo‘shilmasligini bildirdi.

"Rossiya, Rossiya, Rossiya – bu qanday voqea sodir bo‘lmasin, sevimli qo‘shiq, chunki liberal OAV bu Xitoy bo‘lishi mumkinligini (balki udir) muhokama qilishdan o‘lgudek qo‘rqadi", - deb ta'kidladi AQSh prezidenti.

Avvalroq OAV AQShdagi o‘nlab hukumat idoralari, nodavlat tashkilotlari va IT-kompaniyalarga kiberhujum uyushtirilganligi to‘g‘risida xabar qilgandi. 

Kiberhujumlarni qaytarishda yordam bergan Microsoft kompaniyasi hakerlar 40dan ortiq tashkilot va muassasalarga hujum qilganligini bildirdi.

Mavzuga oid
Top