17:21 / 20.12.2020
32297

20 dekabrdan Toshkent shahridagi ayrim ko‘chalar yopildi

Toshkent shahri markazida bayram tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilgani munosabati bilan shahardagi ayrim ko‘chalar yopiladi.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, joriy yilning 20 dekabr kuni soat 06:00dan 2021 yil 15 yanvar soat 00:00gacha Toshkent shahridagi quyidagi ko‘chalarda avtotransport vositalari harakati cheklanadi:

– Buyuk Turon ko‘chasining Alisher Navoiy va Matbuotchilar ko‘chalari oralig‘idagi qismi;

– Zarafshon ko‘chasining Alisher Navoiy va Matbuotchilar ko‘chalari oralig‘idagi qismi;

– Istiqlol ko‘chasining Buyuk Turon ko‘chasi va Amir Temur shohko‘chasi oralig‘idagi qismi;

– Mustaqillik shohko‘chasining Zarafshon ko‘chasi va Amir Temur xiyoboni oralig‘idagi qismi.

Top