08:30 / 20.12.2020
7718
«BARAKA TOP» – BARAKA MARKeTda yangi yil aksiyalari!

Yangi yilga 2 haftadan kam vaqt qoldi. Demak ko‘pchilik bunga allaqachon tayyorlanmoqda! Bolalikdan sevimli va uzoq kutilgan bayram arafasida ko‘pchilik oilaviy budjetni tejash uchun yangi yil dasturxoniga nimalar hamda eng muhimi – qayerdan xarid qilish kerakligi bo‘yicha bosh qotirishmoqda. BARAKA MARKeT uy yaqinidagi oziq-ovqat do‘konlari tarmog‘i ushbu savolga javob berishga qaror qildi va ularsiz bayramni tasavvur qilish mumkin bo‘lmaydigan mahsulotlar ro‘yxatini tuzdi hamda barchasi arzon va adolatli narxlarda. Bu borada BARAKA MARKeT mutaxassislari yangi yil uchun o‘zining sevimli xaridorlari uchun 80 dan ortiq mahsulot bo‘yicha aksiyalar va maxsus takliflar tayyorladilar.

BARAKA MARKeT do‘konlarining hattoki rangini belgilashda apelsin tusi tanlangani ramziy ma'noga ega. Chunki har birimizning boshimizda paydo bo‘ladigan birinchi tasavvur bu xushbo‘y mandarinlar, apelsinlar va yorqin rang-barang otashinlar ila ajoyib yangi yil bayramidir. U rang bizda ijobiy va mehribon his-tuyg‘ularni, ijodiy faollikni uyg‘otadi, miyani tetiklashtiradi, shuningdek energiya, iliqlik va shinamlikni kashf etadi.

Yangi tanlangan meva va sabzavotlar yangi yil dasturxoni uchun bezak bo‘ladi. Ta'kidlashimiz joizki, ularning sifati kompaniya bilan hamkorlik qilayotgan sinalgan sheriklar — yetkazib beruvchilar tomonidan kafolatlangan. Aksiyali takliflar oilaviy budjetni tejashga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda BARAKA MARKeT tarmog‘ining yaqin masofadagi do‘konlari allaqachon o‘z eshiklarini ochgan va Toshkentning 7 ta tumanidagi bir nechta turar joy massivlarida faoliyat yuritmoqda hamda 8.00 dan 23.00 gacha ochiqdir. Bu shuni anglatadiki, ishdan kech qaytishda ushbu hudud aholisi o‘zlariga kerak bo‘lgan hamma narsani uylari yaqinida va jozibali narxlarda sotib olishlari mumkin. Agar to‘satdan bayram salatlari uchun qandaydir mahsulot tugab qolgan bo‘lsa, BARAKA BOZORIDA barcha kerakli narsani topib, bu muammoni osongina hal qilishingiz mumkin. Do‘konlar juda yaqin masofada joylashgan bo‘lib, do‘konlardagi mahsulotlarning qulay joylashuvi va tartibi tufayli uzun navbatlarga yoki to‘xtash joyini topish uchun ko‘p vaqt sarflamasdan kerakli mahsulot va tovarlarni osongina topish mumkin.

BARAKA MARKeT do‘konlari xodimlari xushmuomala, e'tiborli va g‘amxo‘rdir, do‘konlar esa ozoda va yorug‘ bo‘lib, bu haqda mijozlar tarmoqning savdo do‘konlari borasidagi sharhlarda bir necha bor ta'kidlashgan.

Mijozlarning xohish va ehtiyojlarini qondirish, ularning vaqtlarini tejash uchun imkoniyatlar yaratish, yuqori sifatli xilma-xil mahsulotlar mavjudligini ta'minlash va yaxshi kayfiyat ulashish – bu BARAKA MARKeT do‘konlari tarmog‘ining Qozog‘iston, Belorussiya va Rossiya bozorlarida chakana savdo sohasida jiddiy tajribaga ega bo‘lgan xodimlarining asosiy maqsad-vazifalaridandir.

BARAKA MARKeT do‘konlari quyidagi manzillarda allaqachon ochilgan:

  • Chilonzor tumani, Chilonzor ko‘chasi, 4-uy;
  • Sergeli tumani, Shokir ariq ko‘chasi, 100-uy;
  • Mirzo-Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasi, 54-uy;
  • Mirobod tumani, Yakkachinor ko‘chasi, 4-uy;
  • Mirzo-Ulug‘bek tumani, Temur Malik ko‘chasi, 26/1 uy;
  • Yunusobod-8, Amir Temur shoh ko‘chasi, 32A uy;
  • Chilonzor tumani, Gulxaniy ko‘chasi, 9A uy;
  • Uchtepa tumani, Katta Qa'ni ko‘chasi;
  • Uchtepa tumani, Xo‘jaobod mahallasi, Sharof 9-o‘tish yo‘li;
  • Shayxontohur tumani, A.Qodiriy ko‘chasi, 35-uy.

22 dekabr kuni esa soat 10.00 da yana bir oziq-ovqat do‘konining bayramona ochilishi bo‘lib o‘tadi:

  • Mirobod tumani, Nukus ko‘chasi, 88-uy.

23 dekabr kuni esa soat 10.00 da yana 2 ta do‘kon ochiladi:

  • Shayxontohur tumani, Beltepa ko‘chasi, 7-o‘tish yo‘li;
  • Yakkasaroy tumani, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi, 8/1-uy.

Shuningdek, kompaniya dekabr va yanvar oylarida 50 ta hamda 2021 yilda O‘zbekistonning yana bir qancha viloyatlarida BARAKA MARKeTning «quyoshli» va mehmondo‘st do‘konlarini ochishni rejalashtirmoqda.

Yangiliklarni kuzatib boring, bayramona ochilishlarda ishtirok eting va ijtimoiy tarmoqlarda o‘z taassurotlaringiz bilan o‘rtoqlashing:

Sayt: barakamarket.uz

Facebook: fb.com/barakamarket.uz

Instagram: @barakamarket.uz

Telegram: t.me/barakamarket_uz

Telefon: +99890 024-17-10

Reklama huquqi asosida

Top