08:44 / 20.12.2020
14858

Xitoyda Oydan yetkazilgan tuproq namunasi o‘lchandi

Xitoyning “Chan'e-5” zondi Oydan Yerga yetkazgan tuproq namunasi o‘lchanib, Xitoy Fanlar akademiyasi prezidenti Xou Tszyangoga topshirildi.

Foto: Sinxua

19 dekabrda o‘tgan tantanali marosimda Xitoy milliy koinot boshqarmasi  (CNSA) rahbari Chjan Ketszyan Oydan keltirilgan tuproq namunasini Tszyangoga topshirgan. Tuproq og‘irligi o‘lchanganda 1731 gramm chiqqan.

Marosimda Xitoy bosh vaziri o‘rinbosari Lyu Xe ham ishtirok etgan. U “Chan'e-5”ning missiyasini Xitoyning aerokoinot sohasidagi qudratini oshirishdagi muhim davr deb atagan.   

Tuproq so‘ngra Fanlar akademiyasi qoshidagi Davlat astronomik observatoriyasining laboratoriyasiga berilgan. Endilikda olimlar namunalarni saqlash, tahlil qilish va o‘rganish bilan shug‘ullanishadi.

17 dekabrda “Chan'e-5” zondi moduli Yerga Oydan olingan tuproq namunalari bilan qaytgandi.

Top