23:09 / 21.12.2020
1932
AQShda Moderna kompaniyasi vaksinasi bilan emlash boshlandi

 Federal hukumat yaqin haftalar ichida Moderna va Pfizer kompaniyalarining jami 7,9 million doza vaksinasini tarqatishni rejalashtirgan.

Foto: Getty Images

AQShning Konnektikut shtatida Moderna kompaniyasi ishlab chiqqan koronavirusga qarshi vaksina bilan emlash boshlandi. Bu haqda Hartford HealthCare kompaniyasi xabar berdi.

Xartfordga vaksinaning birinchi partiyasi dushanba kuni keltirildi.

Avvalroq AQSh oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalari sifatini nazorat qilish boshqarmasi (FDA) Moderna vaksinasidan foydalanishga ruxsat bergandi.

AQShda shuningdek, Pfizer va BioNTech kompaniyalari ishlab chiqqan vaksinadan foydalanishga ham ruxsat berilgan.

Federal hukumat yaqin haftalar ichida Moderna va Pfizer kompaniyalarining jami 7,9 million doza vaksinasini tarqatishni rejalashtirgan, deb xabar bermoqda mahalliy OAV.

Top