21:16 / 21.12.2020
4891
Bektemir tumanida jinoyatchilik oshgan. Bunga hududda Qo‘yliq bozori joylashgani ham sabab sifatida keltirildi

2020 yilning 11 oyida Toshkent shahrining Bektemir tumanida umumiy jinoyatlar 44,83 foizga yoki 261tadan 378taga, og‘ir jinoyatlar 77,27 foizga yoki 44tadan 78taga oshgan, o‘ta og‘ir jinoyatlar esa 18tadan turg‘un saqlanib qolingan. Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudi raisi Iroda Muhamedova ma'lum qildi.

Bektemir tumani hokimiyatida sudlar faoliyati ochiqligi, oshkoraligi va shaffofligini oshirish masalalariga bag‘ishlab, OAV va keng jamoatchilik vakillari uchun tashkil etilgan brifingda ma'lum qilinishicha, jinoyat turlaridan talonchilik, o‘lim bilan bog‘liq YTH, transport vositasini olib qochish jinoyatlari, yengil tan jarohati yetkazish jinoyatlari kamaygan. Lekin, qasddan odam o‘ldirish va unga suiqasd, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, o‘g‘rilik, bezorilik, firibgarlik jinoyatlari soni oshgan.

Ma'lum qilinishicha, tumanda jinoyatchilikning oshishiga hududda joylashgan 2ta YPX maskani va Qo‘yliq dehqon bozorining joylashgani ham sabab bo‘lmoqda.

Top