08:23 / 21.12.2020
2453
Buxoroda o‘z farzandlarini moddiy ta'minlashdan bo‘yin tovlagan ota 3 oyga ozodlikdan mahrum etildi

Majburiy ijro byurosi Romitan tumani bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Romitan tumanlararo sudining 2017 yil 28 sentyabrdagi qarzdor S.A.dan undiruvchi D.M. foydasiga voyaga yetmagan farzandlarining ta'minoti uchun har oyda ish haqi va boshqa daromadlarining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risida ijro hujjati mavjud, deb xabar berdi Buxoro viloyati IIB axborot xizmati.

Qarzdor S.A. voyaga yetmagan farzandlarini moddiy ta'minlashdan bo‘yin tovlab, aliment mablag‘larini ikki oydan ortiq muddat mobaynida to‘lamaganligi sababli Romitan tuman ma'muriy sudining 2020 yil 19 fevraldagi qaroriga asosan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 474-moddasi bilan unga nisbatan 5 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Qarzdor S.A. ma'muriy qamoq jazosi qo‘llanilganidan keyin ham, o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan 6 oydan ortiq muddatda 22,0 mln. so‘m aliment pullarini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelgan.

Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan Romitan tumani ichki ishlar bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan va ayblov xulosasi bilan jinoyat ishi sudga yuborildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Romitan tuman sudining 2020 yil 25 noyabrdagi hukmi bilan S.A. Jinoyat kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilib, unga nisbatan 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

Top