14:53 / 21.12.2020
4187
Fransiya sog‘liqni saqlash vaziri mamlakatda koronavirusning yangi turi tarqalayotgan bo‘lishi mumkinligini aytdi

14 dekabrda Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash vaziri Mett Henkok mamlakatda koronavirusning mutatsiyaga uchragan, shitob bilan tarqaladigan yangi turi aniqlanganini ma'lum qilgandi.

Foto: Getty Images

Fransiya sog‘liqni saqlash vaziri Olive Veran mamlakatda koronavirusning mutatsiyaga uchragan yangi turi tarqalayotgan bo‘lishi mumkinligini aytdi.

"Fransiyada koronavirusning yangi shakli aylanib yurgan bo‘lishi mumkin. U Italiyada aniqlandi, bizda ham mavjud bo‘lishi ehtimoli bor. Koronavirusning bu turi bizda hozircha aniqlanmadi, ammo uni yo‘q deb ayta olmaymiz", dedi u Europe 1 radiosi efirida.

 Veran Buyuk Britaniyada virusning yangi turi faol tarqalayotganligi sababli bu davlat bilan aviaqatnovlarni to‘xtatishga qaror qilinganligini aytib o‘tdi.

 14 dekabrda Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash vaziri Mett Henkok mamlakatda koronavirusning mutatsiyaga uchragan, shitob bilan tarqaladigan yangi turi aniqlanganini ma'lum qilgandi. Buning ortidan qator mamlakatlar Britaniya bilan aviaaloqalarni to‘xtatdi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top