19:17 / 21.12.2020
9592
«Jyenoa» bosh murabbiyi iste'foga chiqarildi

«Jyenoa» klubi bosh murabbiyi Rolando Maran iste'foga chiqarildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

«Jyenoa» klubi jamoa bosh murabbiyi Rolando Maran iste'foga chiqarilganini e'lon qiladi. Klub murabbiy va uning yordamchilariga hamkorlik uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi», - deyiladi rasmiy bayonotda.

Italiyalik mutaxassis jamoaning qoniqarsiz natijalari sababli iste'foga chiqarildi. Genuya klubi A Seriya 13-turidan keyin 7 ochko jamg‘arib 19-o‘rinda bormoqda. Eldor Shomurodov to‘p surayotgan klub so‘nggi o‘yinda «Benevento»ga mag‘lubiyatga uchragandi (2:0). «Jyenoa»ni kim boshqarishi tez orada e'lon qilinishi kutilmoqda.

Ma'lumot uchun, 57 yoshli murabbiyning amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan edi. Maran 2019 yilning dekabr oyida Davide Nikolu o‘rniga bosh murabbiyga aylangandi.

Top