03:07 / 21.12.2020
5746

La Liga. «Real» safarda «Eybar»ni mag‘lub etib, 2-pog‘onaga ko‘tarildi

Foto: Twitter/RealMadrid

Ispaniya chempionatining 14-turidan o‘rin olgan so‘nggi o‘yinda «Real» safarda «Eybar» ustidan g‘alaba qozondi. Benzema, Modrich va Vaskesning gollariga mezbonlardan Kike bir bor javob berdi.

«Real» ochkolarini 29taga yetkazib, 2-o‘ringa chiqib oldi. «Eybar» 15 ochko bilan 14-pog‘onada qoldi.

La Liga, 14-tur 

Eybar – Real 1:3
20 dekabr, «Ipurua»
Gollar: Kike (28) – Benzema (6), Modrich (13), Vaskes (90+2).
Eybar – Dmitrovich, Bigas, Arbilya, Rodriges, Poso, Diop (Alvares, 82), Inui (Leon, 72), Eksposito, Xil, Kike Garsiya (Aretaleanisbeaskoa, 83), Muto. 
Real – Kurtua, Karvaxal, Ramos, Varan, Mendi, Modrich (Valverde, 72), Kroos, Vaskes, Kazemiro, Rodrigo (Asensio, 72), Benzema.
Ogohlantirish: Arbilya (43).

Top