16:27 / 21.12.2020
7316

Ozarboyjon Tog‘li Qorabog‘ni tiklash uchun bir milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratmoqchi

Tog‘li Qorabog‘ni moliyalashtirish parlamentga taqdim etilgan 2021 yilgi davlat budjeti loyihasiga kiritilgan.

Foto: RIA Novosti

Ozarboyjon hukumati Tog‘li Qorabog‘ning Boku nazorati ostiga o‘tgan hududlarini tiklash uchun 2,2 milliard manat (1,3 milliard dollar) ajratishni rejalashtirmoqda.

Tog‘li Qorabog‘ni moliyalashtirish parlamentga taqdim etilgan 2021 yilgi davlat budjeti loyihasiga kiritilgan. Qayd etilishicha, mablag‘ shahar va qishloqlarni tiklash va zamonaviy infratuzilma barpo etishga sarflanadi.

27 sentyabr kuni tongda Tog‘li Qorabog‘da Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasida harbiy to‘qnashuvlar avj olgandi. Bu urush ikki mamlakat o‘rtasida uzoq yillardan beri davom etib kelayotgan o‘zaro qarama-qarshilikning eng jiddiysi bo‘ldi.

9 noyabrda uch tomonlama (Rossiya, Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasida) kelishuv imzolandi va urush to‘xtadi. Kelishuvni Ozarboyjon g‘olib bo‘lganining isboti sifatida qabul qildi va 10 noyabr mamlakatda g‘alaba kuni sifatida nishonlanadigan bo‘ldi. Armaniston uchun esa kelishuv mag‘lubiyat sifatida baholandi.

Mavzu
Qorabog‘ urushi
12 iyul kuni Ozarboyjon shimoli-g‘arbidagi Tovuz viloyati hududida ikki davlat qo‘shinlari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi.
Barchasi
Top