11:49 / 21.12.2020
13086
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi o‘sishda davom etdi

Markaziy bank xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e'lon qildi. Ushbu almashuv kurslari 22 dekabr kunidan kuchga kiradi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 10,65 so‘mga oshgan va bir dollar 10 473,77 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 163,73 so‘mga ko‘tarilib, 12 835,61 so‘mga teng bo‘ldi.

Rubl kursi esa 0,63 so‘mga arzonlagan va 1 rubl 142,82 so‘mni tashkil etgan.

Top