13:17 / 21.12.2020
23897
Pensiya miqdorining ikki barobar oshirilishi haqida tarqalgan xabar yolg‘on -  Pensiya jamg‘armasi

Ijtimoiy tarmoqlarda pensiya miqdorining ikki barobar oshirilishi haqida xabar tarqaldi. 

Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bu yolg‘on ma'lumot bo‘lib, pensiya miqdorini qayta hisoblash prezident farmoni e'lon qilingandan so‘ng amalga oshiriladi va bu haqda jamg‘arma saytida e'lon qilinadi. 

Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan bu kabi soxta xabarlarga ishonmaslikni, rasmiy manbalarga tayanib ma'lumot olishni so‘ragan va aholi o‘rtasida yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik mavjudligini eslatgan. 

Top