07:54 / 21.12.2020
5531

Qamchiq dovonida qalin tuman tushdi

Qamchiq dovonining Namangan viloyati hududidan o‘tgan qismida qalin tuman tushishi holati kuzatilmoqda, deb xabar berdi Ichki ishlar vazirligi.

IIV barcha yo‘l harakati qatnashchilaridan ehtiyot bo‘lishni, haydovchilardan:

  • zaruratsiz tungi vaqtda transport vositasini ko‘chaga boshqarib chiqmaslikni;
  • atrofdagi transport vositalari bilan oraliq masofa saqlashni;
  • piyodalarga e'tiborli bo‘lishni;
  • gaz va tormoz tepkisini keskin bosmaslikni so‘ragan.
Top