18:08 / 21.12.2020
15073

Saidqahhor Xolxo‘jayev MB raisi o‘rinbosarligidan ketdi. U vazirlikka ishga o‘tgan

Markaziy bank raisi o‘rinbosari Saidqahhor Xolxo‘jayev Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu ma'lumotni vazirlik axborot xizmati rahbari Dildora Jo‘rayeva Kun.uz’ga tasdiqladi.

Saidqahhor Xolxo‘jayev 1981 yilda Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2002 yilda Toshkent Moliya institutini tamomlagan.

U o‘z faoliyatini 2002 yilda «Asaka» bank Shayxontohur filialida boshlab, 2015 yilda shu bank tizimida turli lavozimlarda ishlagan. 2015-2017 yillarda Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, bank va moliya tizimlarini isloh qilish, erkin iqtisodiy va kichik iqtisodiy sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti Bank va moliya tizimlarini isloh qilish shu'basining Bank va moliya tizimlarini isloh qilish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi lavozimida ishlagan.

2017-2019 yillarda «O‘zagrosug‘urta» AJ boshqaruvi raisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

U 2019 yil martida Markaziy bank raisiga o‘rinbosar bo‘lgandi.

Mavzuga oid
Top