20:25 / 21.12.2020
6507
Surxondaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh vrachi lavozimida ishlab kelgan Komil Murtazoyevich Abdivohidov bugun, 21 dekabr kuni viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati tarqatgan ma'lumotga ko‘ra, K.Abduvohidov 1965 yilning 1 sentyabrida Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1989 yilda Samarqand davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Mutaxassisligi – jarroh.

 Komil Abduvohidov Termiz shahar markaziy shifoxonasi anesteziolog-reanimatologi, gemodializ bo‘limi boshlig‘i, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Termiz filiali direktori, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i, “Sino Med Termiz” MChJ klinikasi rahbari lavozimlarida ham faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, 17 dekabr kuni Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyruqlari bilan Andijon, Namangan, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida sog‘liqni saqlash boshqarmalariga yangi boshliqlar tayinlandi.

Top