08:46 / 21.12.2020
4903
Toshkentda 3ta avtobus yo‘nalishi o‘zgartirildi 

Toshkentda 3ta avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgartirildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, kirib kelayotgan yangi yil munosabati bilan Toshkent shahar markazida bayram tadbirlarini o‘tkazish rejalashtirilgan. 

“Toshshahartransxizmat” ma'lumotiga ko‘ra, shu munosabat bilan 91-, 115-, 190-sonli avtobus yo‘nalishlari joriy yilning 20 dekabr kuni soat 06:00dan 2021 yil 15 yanvar soat 00:00gacha boshqa ko‘chalardan harakatini davom ettiradi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ralgan.

Top