Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«ZAGS»larning ish vaqti qulaylashdi
FHDYo bo‘limlarining ish vaqti qulaylashdi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi xabarida aytilgan.

Qayd etilishicha, avval turli hududlar FHDYo bo‘limlarining ish vaqti har xil bo‘lgan. Masalan, Toshkent shahrida dushanba — dam olish kuni bo‘lgan bo‘lsa, boshqa hududlarda ish kuni edi. Bu holat mazkur ma'lumotga ega bo‘lmagan aholiga noqulaylik tug‘dirgan.
Davlat xizmatlari agentligi mutaxassislari tomonidan ushbu masala qayta ko‘rib chiqilib, FHDYo bo‘limlarining to‘liq ish vaqti dushanba – juma kunlari etib belgilandi.
Endilikda FHDYo bo‘limlari tomonidan shanba kunlari ham 9:00dan 15:00ga qadar aholiga xizmat ko‘rsatiladi.
Bunda, mehnat qonunchiligiga to‘liq rioya qilingan holda shanba kunlari ishlaydigan xodimlarning umumiy ish vaqti haftasiga 40 soatdan ortmaydi.
Mazkur yangilik aholiga qo‘shimcha qulaylik yaratishda FHDYo sohasida oldinga tashlangan yana bir qadam bo‘ldi, deyiladi DXA ma'lumotida.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy
Jahon | 23:10 / 19.07.2025
-
Xitoy Tibetda dunyodagi eng yirik GES qurishni boshladi
Jahon | 22:48 / 19.07.2025
-
Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati bo‘yicha Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda
Jahon | 22:12 / 19.07.2025
-
Klasterlarning fermerlar oldida juda katta qarzdorligi bor - Qudbiyev
Iqtisodiyot | 21:56 / 19.07.2025
Mavzuga oid

19:06 / 05.03.2025
O‘zbekiston MDH davlatlari uchun FHDYo yagona tizimini ishlab chiqadi

07:30 / 15.03.2024
O‘zbekistonda ikki oyda qancha nikoh qayd etilgani aytildi

18:21 / 05.01.2024
O‘zbekistonda 2023 yili eng ko‘p qo‘yilgan ismlar ma’lum qilindi

18:37 / 23.10.2023