19:14 / 22.12.2020
1775
BioNTech koronavirusning yangi turiga qarshi vaksinani olti hafta ichida ishlab chiqishi mumkinligini bildirdi

Kompaniya hammuassisi Ugur Shahin Pfizer/BioNTech vaksinasi Buyuk Britaniyada aniqlangan yangi shtammga qarshi samarali bo‘lishi mumkinligini istisno qilmadi.

Foto: Picture Alliance

 Germaniyaning BioNTech kompaniyasi koronavirusning yangi shtammiga qarshi vaksinani olti hafta ichida ishlab chiqishi mumkin. Bu haqda kompaniya hammuassisi Ugur Shahin ma'lum qildi.

 "Biz bu yangi mutatsiyaga muvofiq keluvchi vaksina ishlab chiqishga kirishishimiz mumkin – texnik jihatdan yangi vaksinani olti hafta ichida taqdim etishimiz mumkin", - dedi Shahin.

 U Pfizer/BioNTech vaksinasi Buyuk Britaniyada aniqlangan yangi shtammga qarshi samarali bo‘lishi mumkinligini ham istisno qilmadi.

"Buni tadqiqotlar o‘tkazilsa bilamiz va bu ikki haftaga yaqin vaqtimizni oladi. Ammo vaksinamiz yangi shtammga qarshi ishlashi ehtimoli juda yuqori", - deb qo‘shib qo‘ydi u.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top