19:32 / 22.12.2020
1882
Jinoyatchilar koronavirusga qarshi vaksinani o‘g‘irlashga urinishlari mumkin - Interpol 

Koronavirusga qarshi vaksinalarning joylarga yetkazilishi jinoyatchilik darajasini oshirishi mumkin. Jinoiy to‘dalar vaksinani o‘g‘irlashga urinishlari mumkin. Bundan Interpol bosh kotibi Yurgen Shtok ogohlantirdi.

Foto: Getty Images

“2021 yilda vaksinalar “suyuq oltin”ga aylanadi. Ular kelasi yil aholi orasida tarqatiladigan eng qimmatli narsa hisoblanadi. Jinoiy tashkilotlar bunga tayyor turiptilar”, deb aytgan Shtok.

Uning ta'kidlashicha, vaksinalar yetkazilishi bilan jinoyatchilik darajasi keskin o‘sishi mumkin. Vaksinalarni tashuvchi transportga hujum qilish, ularni o‘g‘irlash va yetkazib berish zanjirini uzishga urinishlar amalga oshirilishi mumkin. Ko‘plab joylarda “qimmatli vosita”ni qo‘lga kiritish uchun korrupsiya avj olishi mumkin.

Dekabr boshida Interpol koronavirusga qarshi vaksinalar tashilishi bilan bog‘liq holda uyushgan jinoyatchilik darajasi o‘sishidan ogohlantirgandi. JSST ma'lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda dunyoda vaksinalarni ishlab chiqarish bo‘yicha 170taga yaqin loyiha mavjud.

Misol uchun, Germaniyada maxfiy joylarda saqlanadigan vaksinalarni xavfsiz tashish uchun federal politsiya jalb qilinadi. Jinoiy to‘dalar tomonidan solinadigan tahdiddan tashqari, emlashga qarshi chiquvchi guruhlar tomonidan sabotaj uyushtirilishi xavfi oshmoqda.  

Top