12:02 / 22.12.2020
16240

Namangan viloyat xalq ta'limi boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatovning 2020 yil 18 dekabrdagi buyrug‘i bilan Rustamjon Isroilov Namangan viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Rustamjon Isroilov 1962 yilda Namangan viloyatining Chortoq tumanida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, 1988 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan. 

Mehnat faoliyatini 1988 yilda Andijon  paxtachilik  instituti qishloq xo‘jaligi iqtisodi va ishlab chiqarishni tashkil etish kafedrasi assistentligidan boshlagan. 

1989-2018 yillarda O‘rta Osiyo  qishloq xo‘jaligi iqtisodi ilmiy-tekshirish instituti aspiranti, Andijon qishloq xo‘jaligi instituti katta o‘qituvchisi, kafedra mudiri, Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisod fakulteti dekani, iqtisodiyot va  tadbirkorlik ishlari bo‘yicha prorektori, o‘quv ishlari bo‘yicha  prorektori, Namangan viloyati hokimligining o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi boshqarmasi boshlig‘i, Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘yicha prorektor vazifasini bajaruvchisi hamda moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor vazifalarida faoliyat yuritgan.

2018 yildan hozirga qadar Namangan muhandislik-texnologiya institutining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimida ishlab kelayotgandi.

21 dekabr kuni Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida ham xalq ta'limi boshqarmalariga yangi rahbarlar tayinlangani xabar qilingandi.

Top