12:07 / 22.12.2020
4791
Navoiyda fuqaro foydasiga 9000 dollar undirib berildi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudining qarzdor S.Umriuzoqovadan undiruvchi G.Eshdavlatova foydasiga 9000 ming AQSh dollarini undirish to‘g‘risidagi ijro ishi byuroning Navoiy shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan, deb xabar beradi MIB matbuot xizmati. 

Shu kunning o‘zida davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxasi taraflarga yuborilgan. Ijro harakatlari davomida qarzdor S.Umriuzoqovaga nisbatan ijro ishi ijrosini ta'minlash uchun ixtiyoriy muddat berilgan, biroq ushbu qarz summalari o‘z vaqtida to‘lanmagan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdordan G.Eshdavlatova foydasiga 9000 ming AQSh dollari undirib berildi va ijro ishi O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonunining 41-moddasiga asosan ish yurituvdan tamomlandi.

Top