14:08 / 22.12.2020
12331
Toshkent viloyati xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi 

Toshkent viloyati xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Sirojiddin Rahmonovich Qodirov Toshkent viloyati xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ish boshladi.

Sirojiddin Qodirov shu vaqtga qadar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining Ijod maktablari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

21 dekabr kuni SamarqandSurxondaryo va Namangan viloyatlarida ham xalq ta'limi boshqarmalariga yangi rahbarlar tayinlangani xabar qilingandi.

Top