Germaniyada har yil BMTning Bolalar jamg‘armasi YUNISEF tomonidan butun dunyodagi bolalarning hayotlari va ularning yashash sharoitlarini eng yaxshi aks ettirgan suratlar uchun mukofot berib kelinadi.

Foto: Angelos Tzortzinis/UNICEF
Joriy yilda “YUNISEFning yil fotosi” tanlovida gretsiyalik Angelos Tzortzinisning Gretsiyadagi muhojir bolalar hayotini aks ettirgan surati 1-o‘rinni egalladi.
“Yil surati”da Gretsiyaning Lesbob orolidagi Moriya muhojirlar lagerini yong‘in qamrab olgandan keyin uni tark etayotgan muhojir bolalar tasvirlangan.
2-o‘rinni hindistonlik Supratim Bxattacharji surati egallagan. Ushbu suratda Hindistonda bolalar mehnatidan foydalanish mavzusi ko‘tarilgan.

3-o‘rinni Rio-de-Janeyro favellarida yashovchi baletchi qizlar surati bilan rossiyalik fotosuratchi Yevgeniy Makarov egallagan.
