16:40 / 23.12.2020
3594

FAO ko‘magida asalarichilar uchun innovatsion axborot almashish tizimi ishlab chiqilmoqda

FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi «O‘zbekiston asalarichilari» uyushmasi bilan hamkorlikda «Asalarichilikning barqaror rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash» texnik hamkorlik dasturi doirasida ishlab chiqilayotgan innovatsion axborot almashish tizimini namoyish etish uchun tadbir tashkil qildi.

«Asalarichilikning barqaror rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash» FAO texnik hamkorlik dasturi mamlakatda asalarichilikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Ushbu loyiha soha mutaxassislarini tayyorlash va intellektual salohiyatini oshirish uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Dastur doirasida soha vakillari uchun xorijiy ekspertlar tomonidan o‘quv seminarlari, treninglar tashkil qilinadi, xorijiy davlatlarda kadrlar malakasini oshirish amalga oshiriladi va O‘zbekistondagi asalarichilik sohasi uchun zamonaviy laboratoriya uskunalari yetkazib beriladi.

Dastur doirasida innovatsion axborot almashish tizimi ishlab chiqilmoqda. Yangi tizim tufayli asalarichilar barcha zarur o‘quv-statistik ma'lumotlarni olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Yangi tizimda asalarichilar asalarichilik xo‘jaliklarini bir-biriga yaqin joylashtirmasliklari uchun maxsus xaritada aks ettiriladigan har bir asalarichining koloniyalari joylashishi to‘g‘risidagi ma'lumotlar ham kiritiladi. 

Bundan tashqari, yangi tizim kimyoviy o‘g‘itlardan foydalanish to‘g‘risida erta ogohlantirishni ta'minlaydi, bu asalarichilarga asalarilarni nobud bo‘lmasligi va asal hosilini yo‘qotmaslik uchun o‘z vaqtida choralar ko‘rish imkonini beradi. 

Top