16:01 / 23.12.2020
3235
Olive Norman uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining maslahatchisi lavozimiga tayinlandi

Suv resurslari sohasidagi xorijiy ekspert Olive Norman uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish orqali markazlashgan ichimlik suvi ta'minoti yetib bormagan qishloq aholi punktlarini ichimlik suvi bilan ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Vazirlik axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur sohada xalqaro tajribaga ega bo‘lgan ekspert sifatida Olive Norman davlat ijtimoiy buyurtmalari asosida qishloq aholi punktlarini ichimlik suvi bilan ta'minlash loyihalarini shakllantirish, ularni amalga oshirish hamda natijadorligini monitoring qilish masalalarida vazirlik mas'ul xodimlariga ko‘maklashadi.

Ayni paytda Olive Norman ushbu masalalarda vazirlik huzurida tashkil etilgan jamoatchilik kengashi a'zosi sifatida ham faoliyat yuritadi.

Top