12:30 / 23.12.2020
3059
Olmazor Business City turar joy majmuasi: dekabr – sovg‘alarni qo‘lga kiritish vaqti

Bizning Uylar Development kompaniyasi Olmazor Business City turar joy majmuasidagi barcha ko‘chmas mulk xaridorlariga qimmatbaho sovg‘alarni taqdim etadi.

Yangi yil tantanalari vaqti tobora yaqinlashmoqda. Demak, yangi yil arafasida o‘tkaziladigan aksiyada qatnashish uchun vaqt oz qoldi. Faqatgina dekabr oyida Olmazor Business City turar joy majmuasidan xonadon sotib olayotganda siz Bizning Uylar Development kompaniyasining qimmatbaho sovg‘alari egasiga aylanasiz. Xaridorlarni dunyoga mashhur SAMSUNG kompaniyasidan maishiy texnika to‘plami: RB 31 FERNDWW Display/White muzlatgichi, SAMSUNG 43N 5000 televizori, WW60J32G0PWULD 6/White avtomat kir yuvish mashinasi va ME83KRW mikroto‘lqinli pechi kutmoqda.

Olmazor Business City – bu 23 gektardan ortiq maydonda joylashgan keng ko‘lamli turar joy majmuasi. Majmuaning yarmidan ortiq qismi ko‘kalamzor maydon uchun ajratilgan. Turar joy majmuasida turli ko‘p qavatli uy-joy binolari qad rostlayotgan bo‘lib, ular orasida betakror 30 qavatli osmono‘par bino ham bo‘ladi. Xaridorlarga turli xil loyihaviy yechim va maydonga ega xonadonlar taklif etiladi.

Olmazor Business City aholisi va mehmonlari majmua hududidan oqib o‘tuvchi soy bo‘yidagi 800 metrlik qirg‘oqda, ko‘plab sayr yo‘laklarida dam olishlari mumkin. Shu bilan birga bolalar va sport maydonchalari, xususiy bolalar bog‘chasi va maktab, shoping mall va ko‘plab savdo qatorlaridagi do‘konlar, kafelar, restoranlar va boshqa muassasa xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.

Shuningdek, Olmazor Business City turar joy majmuasining barcha xaridorlari yangi yilga yoqimli bonuslar: foizsiz muddatli to‘lovning qulay shart-sharoitlaridan foydalanishlari mumkin. Asosiysi 100% to‘lovni amalga oshirgan xaridorlarga maxsus taklif taqdim etiladi.

Bizning Uylar Development bilan qalbingiz bayramona hissiyotlar va kayfiyatga to‘lsin!

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi, 5-A.

Mo‘ljal: Shimoliy Olmazor chorrahasi.

Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunlarisiz soat 9:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Batafsil ma'lumotlarni quyidagi telefon raqamlaridan olishingiz mumkin: +998 71 210 44 44

Instagram: @bizninguylar

Facebook: fb.com/bizninguylar

Telegram: t.me/bizninguylar

Sayt: bizninguylar.uz

Reklama huquqi asosida

Top