14:19 / 23.12.2020
12911

O‘zbekistonlik tennischi kelishilgan o‘yinlarda qatnashgani uchun 7 yilga diskvalifikatsiya qilindi 

Foto: AFP /Manjunath KIRAN

25 yoshli o‘zbekistonlik tennischi Temur Ismoilov korrupsiyaga qarshi dastur qoidalarini buzgani uchun 7 yilga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda Tennis Integrity Unit saytida xabar bermoqda

Qayd etilishicha, sportchining kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgani aniqlangan. Diskvalifikatsiyadan tashqari, Ismoilov 12 ming dollar miqdorida jarimaga tortildi.

Endi unga barcha tennis musobaqalarida qatnashish taqiqlanadi. Surishtiruvda aniqlanishicha, Ismoilov uch marotaba - 2014, 2015 va 2019 yillarda kelishilgan o‘yinlarda qatnashgan.

Surishtiruv tafsilotlariga aniqlik kiritilmagan. Biroq, tegishli tadbirlar davomida Temur Ismoilov surishtiruv ishlariga yordam berishdan bosh tortgan.

Diskvalifikatsiya 2020 yil 18 dekabrda boshlanadi. ATP reytingida Ismoilovning eng yuqori pozitsiyasi 756-o‘rin bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top