12:03 / 23.12.2020
9503
Toshkentda 47-avtobusda yong‘in sodir bo‘ldi

Joriy yilning 23 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida avtobusda yong‘in chiqqani tasvirlangan videolavha tarqaldi.

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yilning 22 dekabr kuni soat 14:50larda Toshkent shahar Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasida, haydovchi, 1991 yilda tug‘ilgan Z.S. 12-sonli avtobus saroyiga tegishli bo‘lgan avtobusni 47-yo‘nalishda boshqarib ketayotgan vaqtida, avtobusning dvigatel qismida yong‘in yuzaga kelgan.

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. 

Mazkur hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB va FVB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, yong‘in yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda, deyiladi ma'lumotda. 

Top