21:01 / 23.12.2020
3075
Xiaomi kapitallashuvi ilk bor 100 milliard dollardan oshdi

Xitoyning elektronika ishlab chiqaruvchi Xiaomi kompaniyasi kapitallashuvi tarixda ilk bor 100 mlrd dollardan oshdi.   

Foto: Getty Images

23 dekabrdagi birja savdolariga ko‘ra, kompaniyaning aksiyalari Hongkong birjasida 7,6 foizga qimmatlashib, bir donasi uchun 4,1 dollarga yetgan. Natijada kompaniyaning bozor qiymati 103 mlrd dollarga yetgan.   

2020 yil avgustda Xiaomi aksiyalari sentyabrda Hang Seng indeksiga kirishi e'lon qilingandan keyin keskin kimmatlashgandi. O‘shandan beri kompaniya aksiyalari narxi 2 martadan ko‘proqqa yuqorilagan.

Xiaomi 2010 yilda tashkil etilgan bo‘lib, smartfon, planshet hamda uy uchun “aqlli” tovarlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.  

Top