13:17 / 24.12.2020
4138
Buyuk Britaniya oliygohlariga imtihonlarsiz kirish imkoniyati paydo bo‘ldi!

“Brooke House College” hamda Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda “University Foundation Programme” (UFP) dasturi ishga tushdi.

Mazkur dastur doirasida talabgorlar boshlang‘ich ta'limni O‘zbekistonda olib, keyingi ta'limni Buyuk Britaniya oliygohlarida davom ettirishi mumkin.

Dastur doirasida barcha kurslar Buyuk Britaniya standartlari asosida, to‘liq ingliz tilida olib boriladi.

Bu dastur Britaniya universitetlari bakalavriat boshlang‘ich asoslariga intensiv tayyorgarlik hisoblanadi. Talabaning o‘quv jarayoniga moslashgan holda akademik muhitga qo‘shilishi uning keyinchalik oliy o‘quv yurtlariga qabul qilinishiga va to‘g‘ri yo‘nalishni tanlashiga imkon beradi.

Bundan tashqari, tayyorgarlik ingliz tilini rivojlantirish va mavzularni batafsil o‘rganish uchun qulay imkoniyat hamdir.

Dastur tarkibida O‘zbekistonda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ta'lim olgan bitiruvchilar, Buyuk Britaniya universitetlarida imtihonlarsiz talabalikka qabul qilinadi.

📚Yo‘nalishlar:

▪️Huquq

▪️Biznes va moliya

▪️Kommunikatsiya va media

▪️Ingliz tili

Dasturda ta'lim olgan talabalar tanqidiy fikrlash, akademik yozish, ilmiy tadqiqot va mukammal ingliz tili ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari mumkin.

Talabgorlar:

16-18 yosh;

kamida umumiy 5,5 ball IELTS sertifikatiga ega bo‘lishlari talab etiladi.

Agarda IELTS sertifikati mavjud bo‘lmasa, talabgor kamida Intermediate darajada bo‘lishi shart!

Dasturga talabgorlarni qabul qilish tartibi:

onlayn intervyu tarzida;

nomzodlarning fundamental bilimlari va motivatsiyasi baholanadi.

Qabul 2021 yil 11 yanvarga qadar davom etadi.

Dasturni muvaffaqiyatli tugatgan o‘quvchilarga “Brooke House College” hamda UFP sertifikati taqdim etiladi va xalqaro darajada bilimga ega bo‘ladilar.

Dastur bo‘yicha darslar 2021 yil yanvar oyidan 2021 yil avgust oyiga qadar davom etadi.

Dastur bo‘yicha umumiy to‘lov 25 million so‘mni tashkil etadi.

TDYuU litseyi o‘quvchilari uchun chegirmalar mavjud!

To‘lovni oylarga bo‘lib to‘lash imkoniyati ham taqdim etiladi.

Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang.

Biz bilan bog‘laning.

(99) 848 02 99

(90) 316 07 11

(97) 108 66 99

📨Bhc-ers-education@inbox.ru

Telegram. https://t.me/brookehouse

Reklama huquqi asosida

Top