18:40 / 24.12.2020
14101

Foto: Navoiy viloyati hokimi o‘z o‘rnini yoshlarga «bo‘shatib berdi»

Navoiy viloyatida o‘tayotgan «Yoshlar festivali» doirasida viloyat hokimi Qobil Tursunov yoshlar bilan o‘z ish kabinetida uchrashdi.

Foto: Navoiy viloyati hokimligi

Qobil Tursunov festivalda qatnashgan yoshlarga hokimlik kursisida o‘tirishga imkon bergan: «Ularga hokimlikning barcha mas'uliyati, og‘ir-yengilini to‘la his etishlari uchun hokim o‘rnida «topshiriqlar» berishga ham ruxsat etildi. Har bir topshiriq ijrosidan kelib chiqib, uning maqsadi, ishlash mexanizmi va negizidagi muammo-yechimlari yuzasidan xulosalar berildi», deyiladi Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati tarqatgan xabarda.

Shu tariqa yoshlar hokim kursisiga o‘tirib, axborot xizmatining yozishicha, «bu lavozimning mas'uliyatini his qilgan»: «Yosh hokimlar» Kobil Beknazarovichdan hayoti hamda ish faoliyati to‘g‘risida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi», deyilgan xabarda.

Ma'umot uchun, Qobil Tursunov 2016 yil 25 dekabrdan buyon Navoiy viloyati hokimi sifatida ishlab kelmoqda. Qobil Tursunov bu lavozimda o‘sha vaqt Surxondaryo viloyatiga hokim bo‘lib o‘tgan Erkinjon Turdimovning o‘rnini egallagandi. Navoiy viloyati hokimi bo‘lganiga qadar Qobil Tursunov Nurota tumani hokimi bo‘lib ishlagan.

Top